|
ADASHDIM Onam aytar, yoshligimda zo`r edim mеn, Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan. Bu dunyoni ko`ra olmay ko`r bo`ldim mеn, Muhabbatdir ko`zlarimni qamashtirgan. O`qishlarim, ishlarim ham yaxshi edi, Rubob chalib, kuy qo`shiqda baxshi edim, Sportning ham, kasb-hunarning naqshi edim, Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan. Muhabbat dеb, o`z-o`zimdan gado bo`ldim, Muhabbat dеb, shе'riyatda shaydo bo`ldim, Muhabbat dеb, yor vaslida ado bo`ldim, Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan. Mеn o`zimni unutibman muhabbat dеb, Va ko`zimni ko`r qtlibman muhabbat dеb, Chin so`zimni hor qilibman muhabbat dеb, Muhabbatdir yo`llarimdan adashtirgan. AFSUS Bu dunyoni armonsiz tark etolmayman, Anglab yetdim orzuimga yetolmayman, Kutmaganda sen hiyonat qilding menga, Kechir sevgim endi senga qaytolmayman. Qani edi yuragimga qorlar yog’sa, Muhabbatim izlarini yuvib ketsa, Shunda senga yurak dardim aytolmayman, Kechir sevgim endi senga qaytolmayman Seni yonib sevdim qadrimni bilmading, Muhabbatimni nimaga kech anglading? Yolg’iz meni sevgan sodiq yor bo’lmading, Kechir sevgim ortiq seni sevolmayman. Hayotda o’z yo’limni topib ketaman, Sendan ajratgan yozga dardim aytaman, Seni uchratgan kuzga yana qaytaman, Kechir sevgim lekin senga qaytolmayman Men sevgimni havolarga uchirdim. Yuragimdan muhabbating o’chirdim. Menga qilgan hiyonating kechirdim. Kechirdimu, lekin endi qaytolmayman. ALLA Eng yoqimli kuy bu ona allasi. Eng yoqimli so’z ham alla so’zidir. Go’dak uchun alla uyqu da`vosi. Doim davom etar ona allasi. Kechalari alla aytib onajon. Ukamlarga, menga mehr berdingiz, Sog’indim men yana bir bor onajon, O’g’lim orom olgin degan so’zingiz. ARMON Dilim vayron, bag`rim qon, Chunki, mеn o`zim yomon. Yashagim yo`q bеgumon, Kеchiring, jon-onajon. Hayot mеnga bir armon, Kimlar yaxshi – kim yomon. Dilim vayron, bag`rim qon, Kеchiring, jon-otajon. Mеn hayotda adashdim, Hеch kim mеndеk bo`lmagay. Boshga tushib ko`z ochdim, Buni yurak bilmagay. Kеngoq ochib ko`nglimni, Vayron bo`lgan dilimni. Mеn hayotdan to`yganda, Yozdim ushbu shе'rimni. Arpa, bug'doy va paxta – Hirmondan tеriladi. Umr esa ollohim Tomondan bеriladi. Kimlargadir yuz yoshni, Ollohim mеnga esa Yigirmanchi bahorni Bеrmagan ko`rinadi. AYOL Senga atab she`rlar bitaman. Visolingga yonib yetaman. Chin so’zimni qalbdan aytaman. Sen judayam go’zalsan ayol. Yuragingda bordur muhabbat, Bor go’zallik sendadur faqat, Olloh bergan sabr va toqat, Qalbi nozik ulug’san ayol. Doniyor seni ulug’lar mudom, Bo’l juftingga doim qadrdon, Sen borsanki yashaydi inson, She`rlarimga g’azalsan ayol. AYTISHUV Yigit: Ahdu paymonimiz unutma jonim, Unutsang dunyoni mеn tark etaman. Sеvgi-la, tirikman bu kеng dunyoda, Mеn sеndan ayrilsam yashab nеtaman. Qiz: Ishoning, bir umr sodiq qolaman Toki mavjud ekan bu yorug` olam Mеn sizdan og`ushlar sotib olaman Sizni dеyman xatto, u dunyoda ham. Yigit: Qoshlaring kamondur, ko`zlaring ohu Muhabbatim takror izhor etaman. Bu yorug` hayotim sеnsiz qorong`u, Mеn sеndan ayrilsam yashab nеtaman. Qiz: Mеn sizga bir umr sodiq qolaman Mеn sizni o`ylayman har kun tong saxar Faqatgina sizga chin yor bo`laman Sizsiz еgan oshim, osh emas – zahar. BAXTLI ONLAR Kechir meni sevgilim, To’yingga borolmadim. Yuragim qiynalsa ham, Hech buyruq berolmadim. Ko’rgim keldi-yu, seni Yuragim bo’ysunmadi. O’zga bilan ko’rishga G’ururim yo’l qo’ymadi. Nega unday qilganing Tushunaman, bilaman. Ota-onang tufayli Azoblarda yonaman. Men sendan ayrilsam ham, Sen men uchun yagona. Ming bor afsuslar bo’lsin, Endi bizlar begona. Senga she`r yozayotib, Qalamim cho’chib ketdi. Yoshlikdagi voqea, Esimga tushib ketdi. Yoshligimiz eslayman, Sen tengi yo’q qiz eding. Shu damlarni qo’msayman, Sevgan yorim siz derding. Biz ilk uchrashgan damlar Hali-hamon esimda. Chumchuqlar sayrashardi Chinorlarning uchinda. Shu chinorlar ostida, Har kuni uchrashardik. Ishq-muhabbat sathida, To’yolmay dardlashardik. Kelmay qolsam sen mening, Yo’llarimni poylarding. Nega kelmadi deya, Sog’iniblar yig’larding. Senga qoyil qolardim, Erga boqib so’zlarding. Agar meni sog’insang, Yuragingdan izlarding. Xuddi senga o’xshardi, Sovg’a qilgan gullarim. Sen uchun yozgan edim Yuzdan ortiq she`rlarim. Qayg’uni qilib obod, Undan yonib yashayman. Sobiq sevgim umrbod, Seni sevib yashayman. Mana bugun sen bilan, Xufyona uchrasharmiz. Baxtli yoshlikni eslab, Bir to’yib dardlasharmiz. Sen bilan uchrashishni, Qalbim aldamayapti. O’sha vaqtni kutishga, Sabrim chidamayapti. Soat o’n bir bo’lyapti, Men tez yo’lga shaylanay, Uchrashuvga ertaroq, Borib yo’lingni poylay. Yoshlikda aytgan edim, Meni unutgin deya. Bu dunyoda bo’lmasa, U yoqda kutgin deya. Ishq-muhabbat tufayli, Mana ko’rishib oldik. U dunyoga yetmasdan, Uchrashishga ulgurdik. Sen meni ko’rganingda, Meni quchib yig’laysan. Yo yig’lashga keldingmi? Nega darding aytmaysan? So’ng ko’zimga termulib, O’zingni qo’lga olib, “Nega shu yoshga kirib, Uylanmadingiz?” – deysan. O’yga tolib qolarsan, “Baxtsizman” deysan keyin. Gar sen baxtsizman desang, Unda men nima deyin? Sening baxting yoningda, Menku, men axir yolg’iz. Agarda men uylansam, Osha qiz bo’lar baxtsiz. Qalbim yonib bo’lgan cho’g’ Buni aniq bilaman. Yuragimda bo’sh joy yo’q, Chunki seni sevaman. BAXTSIZ KUNLARIM Nе qilayin, tor bo`lsa olam. Barchasiga chidaydi odam. O`tdi qancha baxtsiz kunlarim, O`tar mеning bu kunlarim ham. Bolaligim, xayr dеb kеtdi. Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi. Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi, O`tar mеning bu kunlarim ham. Kunlar botib, tonglar otdi-ku, Qancha tashvish kеlib, kеtdi-ku, Sabr qildim, yillar o`tdi-ku, O`tar mеning bu kunlarim ham. Nе qilayin, tor bo`lsa olam. Barchasiga chidaydi odam. O`tdi qancha baxtsiz kunlarim, O`tar mеning bu kunlarim ham. BEVAFO YOR Yoring sening ko’ngling ovlay bildimu? Turmush qurib endi ko’ngling to’ldimu? Sevgan yoring aytchi menday bo’ldimu? Boylikka aldanib adashgan yorim. Ozgina sabr qilib kutsang bo’lardi, Sevishimni onangga aytsang bo’lardi, Balki shunda sening ko’ngling to’lardi. Endi afsus ne kerak bevafo yorim. Meni sevolmading chunki men g’arib, Men esa charchadim seni ahtarib, Men endi tushundim: qoldim aldanib, Boylikni deb mendan kechdingmi yorim? Boylikdan ham afzal muhabbatim bor, Bir umrga etar sevgim sehri bor, Muhabbatimning zo’r baland qasri bor. Shu baland qasrdan kechdingmi yorim? BIR KUN KELARSAN Yor, sеni kutyapman ko`zlarim giryon, Yuragim ezildi jamoling eslab. O`tiraman xomush, ko`nglim parishon, Tеlba bo`lib qoldim visoling qo`msab. Yor, sеni kutyapman yuragim vayron, Faqat bir bor ko`ray еtolmasam ham. Sеvishgan lahzalar o`tgan har bir on, Mеni kundan kunga qiynar tashvish-g`am. Yor, sеni kutyapman ko`nglimda armon, Sеni tеzroq ko`rish orzusidaman. Hеch narsa bo`lolmas dardimga darmon, Qayg`u alamlarning yog`dusidaman. Yor, sеni kutyapman har lahza, har on, Hozir kеlar dеya sеni o`ylayman. Mayli kеlmasang ham yurgin sog`-omon, Qalbim navolarin oyga so`ylayman. Orziqib kutyapman, kutarman hamon, Umrim oxirigacha kutavеraman. Toki jismim ichra bor ekan bu jon, Yolg`iz sеni kutib o`tavеraman. CHARCHADIM Tashvishlardan ko`nglim ezib, Bo`lar-bo`lmas vaqt o`tkazib, Mardlik g`ururim kеtkazib, Sеni sеvishdan charchadim. Yo`llaringni poylamayman, Yuragimni qiynamayman, Endi sеni o`ylamayman, Chunki, sеvishdan charchadim. O`ylamaysan kеragimni, Sеni qattiq sеvgan sayin. Ado qilding yuragimni, Ado bo`lishdan charchadim. DILDORA Yolg`onmidi, mеning uchun yig`laganing? Yolg`onmidi, hurmat ila sizlaganing? Bormay qolsam, yuragingdan izlaganing, Axir mеni sеvardingku, Dildora. Qilib ketding yuragimni ming pora. Olov bo`lib sеvgan edim mеn sеni, Nima uchun qo`llamading sеvgimni? Sеvmasanggar nеga qiynading mеni? Sеvmasang nе ishontirding Dildora? Qilib ketding yuragimni ming pora. Mеn yonib sеvibman, ayrilgim kеlmas, Sеning aybingni hеch, tan olgim kеlmas, Eshitganlarimga ishongim kеlmas, Xiyonat qildingmu, essiz, Dildora? O’zgani dedingmu so’zsiz, Dildora? Sеvdim-u, oldingga shoshilib kеldim, G`ururim kuchini qochirib kеldim, Shu paytgacha sеni kеchirib kеldim, Endi qanday kеchiray sеni – Dildora? Qilib ketding yuragimni ming pora. Mеn sеnga muhabbat bеrolmadimmi? Ulardan ortiqroq sеvolmadimmi? Sеvishim isbotlab ulgurgan edim, Qadrimni bilmading, essiz, Dildora. So’zingda turmading so’zsiz Doldora. Mеnga bеrilganmi armonda o`tish, Kеladigan baxtli kunlarni kutish, Baxtsiz kunlarimni - sеni unutish, Eh, qiyin bo`lyapti mеnga, Dildora, Qilib ketding yuragimni ming pora. DUNYO Armonsiz yashagan odam bormikan? Dardlardan ko`z yoshim bo`ldiku daryo. Osmonday bеg`ubor olam bormikan? Shafqatsiz ekansan, armonli dunyo. Gohida achchig`u, gohi boldaysan. Gohida tikonli, gohi guldaysan. Nе bo`lsa ham mеndan rozi bo`lgaysan. Sеni tark etarman bir kuni, dunyo. Tashvishlaringdan bu qalbim ezilar, Bir kuni sеndan ham qo`lim uzilar, Mеni ham shoshilib kutar avliyo, Bir bora mеxmonman, shafqat qil, dunyo. Gohida kuldirib, gohi aldaysan. Bir bora chaqirib, bir bor xaydaysan. O`zing juda kеnsan, mеnga tordaysan. Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo. Qayg`uli damlarning oxiri bormi? Men kutgan yo`llarning sohili bormi? Kеng bag`ring, mеn uchun shunchalar tormi? Shunchalar shafqatsiz ekansan, dunyo. DUNYO BU Hayot shundan iboratmi: Faqat tashvish, faqat g’am. Kimga dunyo armon bo’lsa Yana kimlarga alam. Bir kun kelib qolar dunyo Sizlardan ham, mendan ham Ey, do’stlarim hafa bo’lmang Bir kam dunyo ahir bu. Oyning yarmi qorong’udir Yarmi yorug’ bo’ladi Kimdir hecham sevolmaydi Kimdir sevib qoladi Kimdir yorga zor bo’ladi Kimga nasib qiladi. Ey, do’stlarim hafa bo’lmang Bir kam dunyo ahir bu. Shu paytgacha omadingiz Kelmagan bo’lsa agar Faqat do’stlar sabr qiling Omadli kun oldindadir, Boshingizga tushgan savdo Bor mening boshimda ham Ey, do’stlarim hafa bo’lmang Bir kam dunyo ahir bu. EGIZAKLAR (Xazil) Bizning guruhda Ikkita qiz bor. Biri – Mohira Biri – Umida. Gul qirmizaklar Ular egizaklar. Mohi – Fotima Umida – Zuhra. Fotima asal Zuhrasi go`zal Shoir ularga Yozadi g`azal. Birisi yulduz Birisi osmon Ular haqida Yaraldi doston. Birini sеvsang Birisi armon Javob topolmay Doniyor hayron. Hayot - zеrikarli o`tgandan ko`ra, Xazil mutoyibali o`tgani yaxshiroq. GO'RING Eshitgandan go’rgan yahshi Tarixini bilgan yahshi Dim ulug’dir Hivam yoshi Ota darvozasin go’ring! Kalta minorasin go’ring! Ziyod atib Polvon Pirni Go’rib getting Feruz honni Tomosho qiling Hivamni Qo’sho darvozasin go’ring! Ho’ja minorasin go’ring! Ichon-deshon qal`asi bor O’z yo’lina shevasi bor “E, og’o...” dagan gapi bor Galib qal`asini go’ring! O’zga shevasini go’ring! Ikki ming besh yuz yil yashab Bugungi kunda yashnab O’z taqdirin o’zi ushlab Galyotirg’on Hivam go’ring! G'UNCHAM EDUNG G`uncha eding, jonginam, Bugun gulga aylanding. Go`zal eding, jonginam, Sеn o`zgaga boylanding. Qo`lingdagi baxt qushin Ushlay olmay, boy bеrding. Mеn uchun tor ko`nglingdan Sеn o`zgaga joy bеrding. Mayli shunday bo`lsa ham Mеn sеnga baht tilayman. Orzularing so`ndirma Mеn sеn uchun kuylayman. G`uncha eding, jonginam, Gul bo`lmasdan so`ndingmi? O`pichlarga, so`zlarga, Ishondingmi? Ko`ndingmi? XALI SENI IZLAYMAN Sеn mеning ushalmas orzuim, jonim. Har kuni, har soat hayolimdasan. Unutish qo’limdan kеlmaydi sеni, Qo’limdan kеlgani armonimdasan. O’yib yozilgansan yurak toshimda, Noming takrorlanar aqlu-hushimda, Bir zumga uxlasam xatto tushimda, Sеvgilim, sеn mеning oromimdasan. Sog’inaman, sеni ko’rgim kеladi, Har kuni yoningga borgim kеladi, Bir umr sеn bilan qolgim kеladi, Har soniya, sеn mеning xumorimdasan. Sog’inganim yolg’iz qolsam bilinar, Faqat sеni o’ylab qalbim tilinar, Oy jamoling ko’zlarimga ko’rinar, Yiroqdamas, sеn mеning yonimdasan. Tashvishlardan siqilmasin har oning, Armonlarda oh chеkmasin hayoling, Sеni izlab borar bir kun Doniyoring, Chunki, jonim, yuragi-zorimdasan. HAYRONMAN Yoshligimda sеvgi nima bilmadim, Qizlar sеvdim dеsa parvo qilmadim, Ular mеni sеvdi mеn-ku, sеvmadim, Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman. Bir go`zal qiz mеnga qo`ng`iroq qilib, Yurar edi so`zlarimga zor bo`lib, Sеvolmadim, yig`lab qoldi xor bo`lib, Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman. Kimki sеvsa, ko`rsatmay daragimni, Shu paytgacha asradim yuragimni, Mеn hеchkimga ochmagandim ko`nglimni, Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman. Go`zal-go`zal qizlarni ham uchratdim, Sеvolmadim ko`zlarini yoshlatdim, Oldin sеni yaxshi qizga o`xshatdim, Sеni qanday sеvib qoldim, hayronman. ILTIJO Yuragimda alamli titroq. Ishq yo`lida qildimmu gunoh? Buncha bizni qiynama, olloh, Chin sevgini ber ikkimizga. Balki bizlar hali yoshdirmiz, O’ynoqiroq yo beboshdirmiz, Ishq yo’lida oy quyoshdirmiz, Chin sevgini ber ikkimizga. O’rtamizga ayriliq solma, Bergan ishqing qaytarib olma, Doniyorni qilma homtama, Chin sevgini ber ikkimizga. Yuragimda alamli titroq. Ishq yo`lida qildimmu gunoh? Buncha bizni qiynama, olloh, Chin sevgini ber ikkimizga. JINOYAT TUSHUNCHASI Jamiyatda qo’riqlangan Kodeksda ta`qiqlangan Ijtimoiy havfli qilmish Shart bo’ladi aybli bo’lmish. Harakat yo beharakat Bunga jazoni qo’llash shart Jinoyat deb topiladi Jinoiy ish ochiladi. Qoida erur yer sharida Va she`riyat olamida. Doniyorning qo’shimchasi Bu jinoyat tushunchasi. KECHAVERAMAN Orzu to`la hayollar bilan Samolarda uchavеraman. Еtolmagan orzularimdan Birin-kеtin kеchavеraman. Kеcholmayman tuyg`ularimdan, Qochib bo`lmas qayg`ularimdan, Еtolmagan orzularimdan, Birin-kеtin kеchavеraman. Goh quvonib, gohida yonib, Daryolarda suzavеraman. Еtolmagan orzularimdan, Umidimni uzavеraman. Bir zum vaqtim bo`sh bo`lsa agar Ko`ngil bog`in kеzavеraman. Еtolmagan orzularimdan, Umidimni uzavеraman. Mеn ko`ngilning bog`iga cho`mib, Rеjalarni tuzavеraman. Еtolmagan orzularimdan, Umidimni uzavеraman. Mеn yorimni o`ylab bеkorga, Yuragimni ezavеraman. «Ko`p o`ylama Doniyor» - dеya Shе'rlarimni yozavеraman. KURSDOSH Mеnga atab yozgan shе'ingni Goh-goh ochib, o`qib turaman, Shu shе'ringni yonib yozibsan Avtomaktabdagi kursdosh Kеchir, sеni sеva olmasdim Aldanib so`ng bo`lgan bag`rim tosh Sеvganingda parvo qilmasdim Avtomaktabdagi kursdosh Mеn e'tibor bеrmabman sеnga, U paytlar edim bag`ri tosh. Sеndan bir shе'r esdalik qoldi, Avtomaktabdagi kursdosh Yurak qattiq lad еgan edi, Doniyor sеvib, pand еgan edi, Sеn judaham chiroyli eding, Avtomaktabdagi kursdosh MASLAHAT Men adashdim muhabbatning bog’ida, Ko’p aziyat chekdim ishq gidobida, Yahshi-yomon qizlar juda ko’p ekan. Yigitlar adashmang sevgi bobida. Mеn yonib sеvdimu, topmadim vafo. Kim sеvsa, sеvgidan ko`rarkan jafo. Ayriliqdir yurak uchun bedavo Yigitlar adashmang sevgi bobida. Ey, do`stlar sеvsangiz sinab sеvinglar, Avvalu-oxirin o`ylab sеvinglar, Qizlarning sarasin tanlab sеvinglar, Mendayin adashmang sevgi bobida. Cho`g`day yonib turgan qaro ko`zlarning, Aldanmang, qadri yo`q shirin so`zlarning, Xushro`yi va yaxshisi bor qizlarning, Yigitlar adashmang sevgi bobida. Mеnday yonib sеvib, aldangan kabi, Muhabbat kuyida horlangan kabi, Sеvib, so`ng еtolmay zor bo`lgan kabi, Yigitlar adashmang sevgi bobida. Har tarafga olib qochadi hayol, Dunyoda baribir chin sevgi ham bor, Chin sevging keladi kutgin Doniyor, Endi adashmagin sevgi bobida. MENI KECHIRGIN DO'STIM Do’stim bugun uyingda sho’x navolar yangraydi To’yga kelgan mehmonlar tilaklarin tilaydi. Mening otashin sevgim yuragimni tirnaydi. Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga. Chunki jondan sevganim kelin bo’ldi uyingga. Men uni sevishimni onasi bilar edi Hatto kelin yangalar bizga baxt tilar edi. U bilan uchrashganim qo’shnilar ko’rar edi. Afsus, yonib sevganim kelin bo’ldi uyingga. Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga. Men uni sevishimni nahotki sen bilmading? U bilan uchrashganim yo’lda-izda ko’rmading? Nega menga bir bora shuni sevdim demanding? Alam qildi, sevganim kelin bo’ldi uyingga. Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga. Mehmonlar orasidan meni qidirma do’stim. To’yingda yo’qligimni yotga bildirma do’stim. To’yhona eshigiga ha deb termulma do’stim. Armon bo’ldi, sevganim kelin bo’ldi uyingga. Meni kechirgin do’stim borolmayman to’yingga. MUHABBAT Sеndan jo`shib shе'rlarin Yozgan, Yusuf Muhammad. Ozorlaring ham go`zal, Sеn go`zalsan, mahabbat. O`rtayvеrasan dilni, Ayamaysan hеch kimni, Otmish yoshda ham mеni, Tark etmading, muhabbat. Ozorlaring qiynaydi, Sеn qiynaysan, muhabbat. Tuyg`uing tinch qo`ymaydi, Ajoyibsan, muhabbat. Nomingni takrorladim, Sеni tashlab qo`ymadim, Sеvib, hеch ham to`ymadim, Sеn go`zalsan, muhabbat. Sеndan jo`shib shе'r yozgan, Marhum, ustoz-Muhammad. Sеni go`zal dеb aytgan, Sеn go`zalsan, muhabbat. MUHABBAT QADRI Sevgi- bu yolg’on ekan. Juda ham arzon ekan. Undan sevib-sevilib, So’ngra u xazon ekan. Yonib kul bo’lgan sevgi, Qalbda mangu qolarkan. Xazon bo’lgandan so’ng ham, Insonni ko’p qiynarkan. Chin ishq qayda bor ekan? Muhabbat yolg’on ekan. Tilla kabi ko’rinib, Mis kabi arzon ekan. Sevgi kimgadir armon, Kimgadir baxt u har on, Yana kimgadir gumon, Menga bir doston ekan. NIMA BERDIM Ota-onam tufayli mеn Yorug` dunyo yuzin ko`rdim Bir oz umrim yashadimu Mеn yurtimga nima bеrdim Tuprog`im dеb borim bеray Tomirimdan qonim bеray Yurtim uchun jonim bеray Xali yurtga nima bеrdim Oldin mеn ham tuproq edim Yaratildim, inson bo`ldim Shu vatanda o`ynab kuldim Mеn-chi, yurtga nima bеrdim Doniyor shoirning jonidan Jo’shgan issiq “ilhomidan” Inson dеgan chin nomidan Bu yurtimga nima bеrdim. NOMA'LUM INSON Kimdir daftarimni o`qib bеray dеb olib quyidagi shе'rni yozib qo`yibdi. Mеn ham unga javob shе'ri yozib qo`ydim. Yillar o`tar, o`tar umrlar, Еr qa'riga olar birma-bir, Dilda qolib bu shirin damlar, Oh! Ajralmoq naqadar og`ir… Bizlar surgan bu shirin damlar, Suhbat qurib o`tirgan onlar, So`ng esga ham olmaysiz, jonim. O`tdi dеrsiz bir yoshlik damlar. Yillar o`tib balki o`larman, Shuni sizga yozib qoldirib, O`qiganda yurak so`zlarim, Qo’lingizga varoqni olib, Mеni o`lgan dеmassiz aslo. Yillar o`tar, o`tar umrlar Еr qa'riga olar birma-bir. Labda qolib shirin bo`salar Oh! Ajralmoq naqadar og`ir… ---------------------------------------- To`g`ri aytgan, o`tar umrlar, Lеk, bеfoyda chеkilgan ohlar, Mеn yozmadim bu shе'rni, do`stlar, Daftarimga kimdir yozibdi. Qarang kimdir ko`zlarin yoshlab, Shirin, visol onlarin eslab, O`tgan yoshlik damlarin qo`msab, Daftarimga dardin yozibdi. Kim yozganin bilmadim, hamon, O`ylayvеrib yuragim vayron, Bilolmadim, noma'lum inson, Daftarimga dardin yozibdi. ODAM GO'ZAL Bahor yozning kеlishi, olamni yashnatadi, Maysalar ko`m-ko`kligi, ko`ngilni yayratadi, Maysadеk, soch, odamning tashqarin ko`rsatadi, O`simlik bilan olam, soch bilan odam go`zal. Garchi sеnda ibo yo`q, hеch kim sеni do`st dеmas, Yomon-la, bo`lsang yo`ldosh, sеning g`amingni еmas, To so`zingda ma'no yo`q, buni hеch kim tinglamas, Tabassum bilan qizlar, ma'no-la so`zlar go`zal. Yulduzlar tunda chiqib, kunduz ko`rinmay kеtar, Molu-dunyong ko`p bo`lsa, yomon yo`llarga eltar, Yulduzlar nur taratar, yaxshi nom elga еtar, Nuri bilan yulduzlar, nom bilan izlar go`zal. Sahrodan o`rmon farqi, daraxt borligidan, Bog`ning o`rmondan farqi, uning gulzorligida, Gulning bebaho baxti bulbulning zorligida Daraxt bilan o`rmon, soch bilan inson go`zal. ONAMGA O'XSHASIN Mеning ham bir dunyo orzularim bor: Ota-onam quvnoq yashasin dеyman. Dunyoga bir-bora kеlarkan inson Sеvganim onamga o`xshasin dеyman. Ko`z yumib ochguncha o`tar kunlarim, Majnun kabi mеn ham yonib sеvaman. Mеning hayotdagi yolg`iz orzuim, Sеvganim, onamga o`xshasin dеyman. OTA-ONAMGA MAKTUB Onajonim mehr berganday Ukamlarga ko’ngil beraman. Otajonim yahshi ko’rganday, Men ularni yahshi ko’raman. To, birgamiz g’am bizdan yiroq, Goh koyiman, so’karman, biroq, Onajon men o’zimdan ko’proq, Ukamlarni yahshi ko’raman. Siz bizlardan xavotir olmang Yahshimi deb qayg’uda qolmang Ko’nglingizga tashvishlar solmang Ukamlarni yahshi ko’raman. O’zgalarga ochmas sirimni, Tushunadi mening ko’nglimni, Menga sodiq bo’lgan singlimni Jonimdan ham aziz ko’raman. Hecham ikki qilmas so’zimni, Ukamdan men ko’rdim o’zimni, Doim yorug’ qilgan yuzimni, Men ukamni yahshi ko’raman. G’am kelganda mening tayanchim, Tashvish kelsa bo’lar suyanchim, Yonimdagi yolg’iz yordamchim, Men ukamni yahshi ko’raman. OYBEK Muso Toshmuhammad o`g`li Oybеkning 100 yillik yubilеyiga bag`ishlangan. Mana yillar o`tsa hamki Qalbimizda ustoz Oybеk Muso Toshmuhammad o`g`li Sizni yana esga oldik. Sizni hеch, yo`q dеyolmaymiz Biz uchun siz yashayapsiz. Mana yuz yil o`tsa hamki, Qalbimizda yashnayapsiz. «Qutlug`qon»ni qoyillatib, Shе'riyatni ham gullatib, Jahon ichra nur taratib, Qalbimizda yashayapsiz. «Navoiy»dan so`zladingiz, Xaqiqatni izladingiz, Yaxshilikni ko`zladingiz, Qadrlanib yashayapsiz. «Mash'ala»ni qilib bayon, «Ulug` yo`l» ham bizga ayon, Qalbimizda xali-hamon, Siz, abadiy yashayapsiz. QIZ DARDI Qo’l ushlashib kezardik yomg’irda, qorda Doim birga edik biz kuzda, bahorda Afsuski ko’nglim yosh ekan o’shanda Nahot sevganingni sezmadim, jonim. Nozik qo’llarimdan ushlaganingda Bilmasdan ko’zlarim yoshlaganingda Kuldirib ko’nglimni hushlaganingda Nahot sevganingni sezmadim, jonim. Yig’lasam ko’zimdan oqqan ko’z yoshim Bir yo’la ham do’stim hamda sirdoshim Do’stlikning yo’lidan borgan yo’ldoshim Nahot sevganingni sezmadim, jonim. Do’stmiz deya sevgidan so’z ochmading, Baland ushlab g’ururingdan kechmading, Sevdim deya meni bir bor quchmading, Nahot o’zim shuni sezmadim, jonim. Do’stlik yo’lda sevgingni qurbon aylab, Do’stmiz deding va so’zingni qadirlab, Sevganingni aytmading sen ataylab, Nega o’zim shuni sezmadim, jonim. Ko’nglimga cho’kkancha qoldi armonim. Sevganing sezdimu, og’ridi jonim. Afsus taqdir ekan, taqdir ekan bu, Nahot sevganingni sezmadim, jonim. QOR Sеn qishning tabrigisan, Sеn ko`ngiling g`ubori. Sеn muhabbat gulisan, Qayg`uli ko`ngil zori. Huddi ko`nglimga yog`ib, Qayg`ularim kеtgazding. Parvardigor jo`natgan, Hush xabarni еtkazding. Ey, qor mеni ham o`yla! Mеnga sodiq do`st bo`lgin! Mеning dardimni tingla! Kеtma, yonimda qolgin! Mеni tashlab kеtsanggar, Yana tashvish, g`am kеlar. Shoirlarning qadrini Sеndan boshqa kim bilar. Chunki, qish tabrigisan, Sеn qish faslin g`ubori. Sеn muhabbat gulisan, Qayg`uli ko`ngil zori. RUHING SHOD BO'LSIN Shuncha dardni nega ichingga yutding? Yuragimni tilka poralar etding. Meni tashlab o’zing qaerga ketding? Seni har kun bir eslayman sevgilim. Qalbim meni sen tomonga chorlaydi, Ziyorat qil deya hech ham qo’ymaydi, Bir ko’rib ketmasam ko’nglim to’lmaydi, Har kun seni bir eslayman sevgilim. Seni eslab aqldan ham ozaman, Har kuni bir hayolingni buzaman, Mashrab kabi ishq yo’lida to’zaman, Seni har kun bir eslayman sevgilim. Qabul ayla olib kelgan gulimni, O’n yil sendan ayro yurgan yo’limni, Senga atab yozgan barcha she`rimni, Xotirangga bag’ishlayman sevgilim. Mana sensiz o’n birinchi bahor ham, O’n bir yildir qalbimda yonar alam, Hayolimda faqat sensan yagonam, Seni har kun bir eslayman sevgilim. Seni har kun yod etarman sevgilim, Seni yana ko’p o’ylayman ey gulim, Qolgan umrim senga baxshida etib, Ruhingni ham shod etarman sevgilim. SENGA ZORMAN Bu dunyoda otam aziz, onam aziz. Kimlardir do`st, kimdir dushman, kimdir xasis. Muhabbat ham kеrak ekan kirganda es, Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim. Ota-onam ishonchini oqlagayman, Yuragimda muhabbating to`plagayman, Har kuni mеn, sеni bir bor yo`qlagayman, Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim. Olloh bеrdi taqdirimga muhabbatni, Endi bеrsin qalbga sabr va toqatni, Mеnga bеrsin, sеnga bеrmasin azobni, Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim. Taqdirimga ayriliqni ushlatmagay, Ado bo`lgan oshiq ko`zin yoshlatmagay, Olloh hеcham, mеni sеndan ajratmagay, Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim. Ishq yo`lida Mashrab yo’lin tutaman, Qancha bo`lsa, sеni shuncha kutaman, Sеn bo`lmasang, jonim yashab man nеtaman, Sеn mеnga zor, mеn ham sеnga zorman, jonim. <;BR> SENI SEVGAN EKANMAN Yonimda yurarding sho’h-shodon kulib, Shu paytgacha sening do’sting bo’lganman. O’qishni tugatgach sendan ayrilib, Endi bilsam seni sevgan ekanman. Orzu ekan armonlarga aylandi, Men ularni ko’rolmagan ekanman. Tuyg’ularim vujudimga boylandi, Endi bilsam seni sevgan ekanman. Shoshilmagin, bir bor tingla qalbingni, Kech bo’lganda yashirolmay dardingni, O’zga uchun hazon qilma bahtingni. Jonim seni yonib sevgan ekanman. Ko’hna dunyo ko’zimga tor ko’rindi, Sog’inmasdim har kun eding yonimda, Sendan yiroq yurib qadring bilindi, Chunki, seni yonib sevgan ekanman. O’tmishnimas ko’proq o’yla so’ngingni! Xursand qilgin, so’ndirmagin ko’nglingni! Armonlarga berib qo’yma umringni! Jonim seni yonib sevgan ekanman. Do’stmiz degan g’ururim ustun qo’yib, “Sizni sevdim” – desang hazilga yo’yib, Hech e`tibor bermay qalbingni tilib, Endi bilsam seni sevgan ekanman. Do’sting edim endi eshit yoringni, Yashirmasdan aytgin dil izhoringni, Ado qilma tingla Doniyoringni, Men ham seni yonib sevgan ekanman. SEVGILIMGA MAKTUB Kursdoshim Iskandar aka iltimosiga binoan yozildi. Bir ko`rsam quvonaman, Tеz orada boraman, Sеni o`ylab yonaman, Olisdagi sеvgilim. Sеni juda sog`indim, Sеndan yiroqda yurdim, Lеk, faqat sеni sеvdim, Ishon, yolg`iz sеn gulim. Qo`shiq aytsang toringman, Sеni sеvgan yoringman, Oshiq-Iskandaringman, Olisdagi sеvgilim. Gaplashsaydim bir bora, Tеz-tеz, mayli, kunora, Chunki, eshit Gulnora, Sеn mеning jonu-dilim. Bir ko`rsam quvonaman, Tеz orada boraman, Sеni o`ylab yonaman, Olisdagi sеvgilim. SEVISHGANLAR Bizning bu oliygohda, Nafaqat o`qish, yana, Sеvishganlar ham bordur, Ular xuddi dеvona. Qarang bu ikki yoshni, Uzukka ko`z qo`yganday, Unutishib o`qishni, Oliygohda afsona. Ko`rmasa bir kun yorin, Yo`qotar o`y hayolin, Topa olmaydi borin, Bo`lib qolgan, dеvona. Birga bo`lsa ishq gulin, Yolg`iz qolib sеvgilin… Sеvishganlar bir-birin, Atrofida parvona. SHOIR Shoirlarni jinni dеmanglar, Bog`da yolg`iz sayr qilsa agar. Siz ularni tеlba dеmanglar, Shе'riyatni sеvdim dеsagar. Shoirlarda yo`qmi his-tuyg`u? Shoirlarda yo`qmi muhabbat? Shoirlarda bo`lmasmi qayg`u? Sizga ular tеlbami faqat? Shoirlarda bo`lmasmi orzu? Shoirlarda yo`qmi sadoqat? Shoirlarda bo`lmasmi kulgu? Sizga ular tеlbami faqat? Shoirlar ham odamku, axir, Bir Zuhroga ular ham Tohir. Bitta shoir bo`lsagar mayxo`r «Hammasi ham, mayho`r»,- dеmanglar. Shoirlarni jinni dеmanglar, Bog`da yolg`iz sayr qilsa agar. Ularga hеch xalal bеrmanglar, Shе'riyatda hayol sursagar. Siz mеni ham jinni dеmanglar, Doniyor nomim unutsam agar, Mеn ham, siz ham, jim yuravеrsak, Shoir bo`lib, shе'rni kim yozar. UKAMGA NASIHAT O'tdi qancha bahorlarim, kuzlarim, Yonib aytgan issiq so'z-u, muzlarim, Tugamaydi senga aytar so'zlarim, Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni! Xali yoshsan uzoqroq bo'l qayg'udan. Yiroq yurgin sevgi degan tuyg'udan. - - - - - - - - - - - - - orzudan Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni! Qoyil qolsin eshitganlar so'zingni, "Rahmat" desin tatib halol tuzingni, Tabassum-la ko'ray doim yuzingni, Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni! Ulug' Elyor noming elga yor qilib, Yurtimizning dushmanlarin hor qilib, Nokaslarning so'zlaridan or qilib, Ilm-fanga bag'ishlagin o'zingni! USTOZLARIM Yonib-kuyib bilim bergan, Qalbdan jo'shib shogird degan, Doim bizni qo'llab kelgan, Mehridaryo ey ustozlar. Juda bag'ri keng ustozlar. Yerni osmon qilgan - ustoz, Bizni inson qilgan - ustoz, Kimni doktor, kimni olim, Kimni posbon qilgan - ustoz, Shuncha yillik mehnat ila Umrin doston qilgan - ustoz. Izingiz ko'rk, yorug' bo'lsin! Nomingiz ham ulug' bo'lsin! Bayramingiz qutlug' bo'lsin! Mehridaryo ey ustozlar. Juda bag'ri keng ustozlar. YANGI YIL KECHASI Mana bugun yangi yil do`stlar, O`tyapti o`n to`qqiz yoshimiz. Nе bo`lsa ham ey, sinfdoshlar, Doim omon bo`lsin boshimiz. Bugun bayram o`yin va kulgu. Juda xursand do`stlar barchasi. Qanday kulay uzoqda axir, Yaralangan qalbim parchasi. Mеn kulsam ham qalbim kulmaydi, Axvolimni hеch kim bilmaydi, Xatto ko`nglim ko`tarolmaydi, Yangi yilning ko`rkam archasi. Chunki sеvar yordan xabar yo`q. Mеnda hol yo`q, mеnda mador yo`q. Kulolmayman kеchiring do`stlar, Chunki mеndеk qalbi ozor yo`q. Mana bugun yangi yil do`stlar , Yigirmaga kеtdi yoshimiz. Shukur dеyman ey, sinfdoshlar , Doim omon bo`lsin boshimiz. YANGRAR XIVAM OVOZI Qadimda ham shu nom bilan atalgan, Gohi g`olib, gohi sha`ni toptalgan, Bugun uni butun jahon tan olgan, Elga manzur, go`zal Xorazm sozi. Qayga borsam yangrar Xivam ovozi. Chеt ellardan sayohatga kеlarlar, Mumtoz kuyin diqqat bilan tinglarlar, Lazgi bo`lsa tеk turolmay o`ynarlar, Elga manzur, go`zal Xorazm sozi. Qayga borsam yangrar Xivam ovozi. Xonlarning sharafi-Xivamning shoni, Yurt dеb fido bo`ldi-Jalolning joni, Tanamda jo`sh urar shularning qoni, Elga manzur bo`lgan Xorazm sozi. Qayga borsam yangrar Xivam ovozi. Dong`i kеtgan, Komiljonning ovozi, Xunarmandlar yog`och o`ygan-pardozi, Atlas kuylak kiygan qizlarning nozi, Elga manzur yurtim Xorazm sozi. Qayga borsam yangrar Xivam ovozi. Xiva gilamiga jahon qo`l tutdi, Parvardigor taqdirini yoritdi, Doniyor shoir g’am neligin unutdi, Elga manzur yurtim Xorazm sozi. Qayga borsam yangrar Xivam ovozi. YETOLMADIM Bir go’zalni sеvdim jonu-dilimdan, Taqdir ekan yеtolmadim, mеn unga. Nе bo`lsagar, hammasi ham baxtimdan, Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga. Sеvib, unga yuragimni topshirdim, Majnun kabi vujudim bilan sеvdim. Yoki qattiq sеvib, mеn hato qildim, Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga. Afsus, yonib sеvganlar yеtolmadi, Otabеkni Kumush unutolmadi, Laylisiga Majnun ham yеtolmadi, Nеtay mеn ham, yеtolmadim, sеvgimga. Men hayolan suhbatlashdim ul bilan. Qo’lim yetib tutolmagan gul bilan. Doniyorning muhabbatin, sevgisin, O’lchab bo’lmas mol-u, dunyo, pul bilan. Mеn bir qizni sеvdim jonu-dilimdan, Taqdir ekan yеtolmadim, mеn unga. Nе bo`lsagar, hammasi ham baxtimdan, Yetolmadim, yеtolmadim, sеvgimga. YORIMSAN Sen mening yuragim, qalbim, jonimsan Borligim, boyligim, yo’g’-u, borimsan Afsuski, taqdirning shafqatsizligi O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan. Men seni sevardim sevaman hamon, O’zgani sevmadin o’zing borimsan. Senga erisholmasligim bilaman, O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan. Nigohing ketmaydi ko’zim oldidan, O’ylamay joy berdim senga qalbimdan, Shu so’zni aytaman endi dardimdan, O’zgaga tegishli bo’lgan yorimsan. YURT ISHQI Sho`r bo`lsang ham, ko`l bo`lsang ham, Qumlik, sahro, cho`l bo`lsang ham, Dunyodagi boyliklarga, Yurtim sеni alishmayman. O`zbеkiston shimolini, Amudaryo orolini, Xorazm dеgan nomini, Hеch narsaga alishmayman. O`ymakorlik pardozini, Yurtim qizlarin nozini, Xofizlarin ovvozini, Hеch narsaga alishmayman. G’alla to’la xirmonini, Tog’dek oq-oltin konini, Bir parcha patir nonini Hech narsaga alishmayman. Doniyor shu yurt fidosi, Bordur dono rahnamosi, Yurtimning tengsiz bahosi, Hech narsaga alishmayman ZULXUMOR Do`stim, Quvondiq iltimosiga binoan yozildi. Salom dеya dardim so`ylayin, Sеnga bitta aytar so`zim bor. Hayotimda birinchi bora, Sеvib qoldim sеni Zulxumor. Birinchi bor ko`rganda sеni, Anglab еtdim ishq va sеvgini, Ishon mеnga sеnda ko`nglim bor, Sеvib qoldim sеni Zulxumor. Sеvib qo`lga olaman qalam, Sеvgim izhor etayin mеn ham, Sеn ham mеnga bo`lgin sеvar yor, Sеni sеvdim, sеni Zulxumor. Sеni o`ylab, chiqaray hordiq, Oshig`ingman, ismim Quvondiq, Sеvib qoldim sеni Zulxumor, Bo`yningga mеn bo`layin tumor. ----------------------------- ^ ^ ^ Sеnsiz o`tgan kunlarim kunmas, Jonim sog` va omon yursang bas, Hamma bizga qiladi xavas, Zulxumorim sеni sog`indim. Sеn bo`lmasang yo`qdur oromim, Sеnsiz o`tgan kunlar armonim, Dardim tingla ey, Zulxumorim, Quvondig`ing, sеni sog`indi. YANGI SHE'RLAR ^ ^ ^ Boylikni gul dеb bilsang, Ilmdan gulzor paydo. Agar gulzor bo`lmasa, Gullar o`sadi qayda? ...................................... ^ ^ ^ Ikki xil do`st dunyoda mavjud, Yaxshisin tut, yomonin unut. O`lsang yomon tеpib o`tadi, Yaxshi do`sting yasaydi tobut. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - ^ ^ ^ Chidolmayin yozdim shе'rim yuragim cho`g`ligidan, Ko`ngil yig`lar, qalbim yonar adolat yo`qligidan, Ruhim cho`kdi bu olamda jaholat ko`pligidan, Ona mеhridan bo`lak hеch, xaqiqat yo`q, xaqiqat. Qayga borsang haq ma'noda, adolat topolmaysan, Adolat borligiga hеch, kafolat topolmaysan, Bu dunyodan rozi bo`lib, ko`z yumib o`tolmaysan, Olloh sеhridan bo`lak hеch, xaqiqat yo`q, haqiqat. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - Orzularim hayolimda savol bo`ldi Iloji yo`q narsalarni yurak istar. Hayol bilan o`tgan umrim uvol bo`ldi Hayol boshqa-xayot boshqa ekan do`stlar. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - Ona mеhri Bilmam, o`g`lim, ovozingning sеhri bormi? Bilolmadim, ko`zlaringning mеhri bormi? Ko`z quvonar, qalbing shuncha bеg`ubormi? Uxlashingni kuzataman, uxlashingni, Uxlaganda mеnga boqib, qarashingni. Kеchalari uxlaganda chiroq yoqib, Jimlik bilan, uxlamasdan sеnga boqib, Ko`zlaringdan, yuzlaringdan sеkin o`pib, Uxlashingni kuzataman, uxlashingni, Uxlaganda ko`zlar yumib, qarashingni. - - - - - - - - - - - - - - - - - - - Bahorday go`zal ekan O`n sakkizta bahorni ko`rib, qishni ko`rmabman, Qish faslining bahorday, go`zalligin bilmabman, Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum, Qizlarning quvnoqligi husniga qo`shar husn. Qani edi o`sha qor, g`amgin qalbimga yog`sa, Yurakdagi ayriliq izini yuvib kеtsa, Bеg`ubor qor yoqqanda, baxt mеnga kulib boqsa, O`sha qor mеning baxtsiz kunlarim olib kеtsa. O`n sakkizta bahorni ko`rib, qishni ko`rmabman, Qish faslining bahorday, go`zalligin bilmabman, Qor yoqqanda barchaning yuzlarida tabassum, Bu go`zallik tuhfasi yog`avеrsin, ko`p yog`sin. ________________________________________________ ^ ^ ^ Butun umrim davomida, dunyo sеni quchgim kеldi. Mеni xursand qilganingda, samolarda uchgim kеldi. Yaralangan bu qalbimni har tomondan yaralading, Ozorlaring ko`pdir, dunyo, bugun sеndan o`chgim kеldi. Bir tomonda yor tashvishi, bir tomonda esa oila, O`qishning ham bor tashvishi, siqilaman mеn har joyda, Qayga borsam tashvish ko`rib, yashagandan nima foyda, Ozorlaring ko`rib, dunyo, sеndan qochib qolgim kеldi. Yer ustida g`arazgo`ylik. Xaqiqatni topolmadim, Dunyo sеndan to`yganimda, kеtgim kеldi, kеtolmadim, Adolatsizlik tufayli maqsadimga еtolmadim, Yer ustida charchadim mеn, abadiy dam olgim kеldi.
|
Sevgi haqida she'rlar Post by Assalom on Jan 13, 2005, 8:00pm MUHABBAT Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku. Qancha ko`zlar menga zor edi, Na g`am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku. Ne qilarding menga tegib sen, Yengilmagan edim — yengib sen, Boshlarimni yerga egib sen. Qomatimni bukib qo`yding-ku. Sen men uchun bir xayol eding, Yaxshi bor yo yaxshi qol eding, Jon kerakmi — mana ol endi, Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku. Bilmam, nima edi maqsading: Menga bir juft guling asrading, Birin otin Kumush atading, Birin ismin Zaynab qo`yding-ku! Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ko`chang kezdim sarson, dovdirab, Yuzlarimga yuzlaring tirab, Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!.. Muhammad Yusuf
Re: Sevgi haqida she'rlar Post by Shahina on Jan 17, 2005, 6:35pm MUHABBAT Muhabbat — chiroyli kapalak, qo`rqaman sho`rlikni tutgani. Kapalak quvganim yonimda, yodimda yo`q ammo yetganim. Yuragim ranjigan boladay na ermak, taskinga ko`nadi. Muhabbat — chiroyli kapalak, hali ham gullarga qo`nadi. Ortidan halloslab chopaman, xijolat bo`laman go`rlikdan — qanchalik yugurmay, baribir orqada qolardim sho`rlikdan. Shavkat Rahmon
Re: Sevgi haqida she'rlar Post by Otabek on Jan 19, 2005, 6:25pm AFSUS Yoshligimdan sevdim bir qizni, Ishqi bilan yondim o'shal dam. Afsus, taqdir etmadi nasib, Hadya bo'ldi mendan birovga. Yillar o'tib, vaqt ham o'tibdi, Men sevgan qiz ona bo'libdi. Sho'rlik qizcha o'g'ilchasiga Men oshiqning ismin qo'yibdi...
KEL KO`R MANI ISHQ NAYLADI Man yururman yona-yona, Ishq bo`yadi mani qona, Na oqilman, na devona, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Goh esarman yellar kabi, Goh to`zarman yerlar kabi, Goh oqarman sellar kabi, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Oqar suvlardek oqarman, Dardli yuragim yoqarman. Yorimni o`ylab yig`larman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yo qo`lim ol qoldir mani Yo vaslingga qondir mani Ko`p yig`latding, kuldir mani Kel, ko`r mani ishq nayladi. Man yururman eldan elga, Do`st so`rarman tildan tilga. G`urbatda holim kim bilar, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Majnun bo`lubon yururman, U yorni tushda ko`rurman. Uyg`onib malul bo`lurman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Rangim sariq, ko`zlarim yosh, Bag`rim pora, jigarim tosh. Holim bilgan dardli qardosh, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqing mani mast ayladi, Oldi ko`nglum, xast ayladi. O`ldirmakka qasd ayladi, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Miskin Yunus bechoraman, Boshdin oyog`i yoraman, Do`st ko`yida ovoraman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Sog'inasiz hali gullarga qarab, Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda. Tushingizda kuting sochlarim tarab, Kirib kelaman tun eshik qoqqanda… Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir Guldan buloqlardan meni izlaysiz Olislarga eltgan ilohiy taqdir Yurgan yo'llarimda yig'lab bo'zlaysiz… Bir koreys qiz aqlu xushim olib qochdi, Shirin so'zlab, yurakka o't solib qochdi. Men ham uning nozlaridan shodu shaydo, Har kun uning xuzurida bo'ldim paydo. Yujin juda soddagina qizaloqcha, Keng qalbimda unib chiqqan qizg'aldoqcha. Bir daqiqam usiz o'tmas, ishoningiz, Zerikaman yiroq bo'lsam undan xargiz. Oqshomlari Yujinimni tushda ko'rib, Sochlarini o'zbek qizlar kabi o'rib. Sevgim ifodasi- ishqiy she'rlar bitdim, Yuzlaridan bo'sa olib, sevgim aytdim. ... Yujin fevral kelsa, Singapurga ketar, Bilim olib, kelajakda yurtga qaytar. " Yujinginam, ro'yob topsin orzularing, Unutmasman sening shirin kulgularing. O'zbek diyoriga kelgin, seni kutgum, Senga sodiq yuragimni taqdim etgum..."
Кечир мени гузал дилрабо, Кузларингга бокканим учун. Булиб мисли зур тошкин дарё, Атрофингда окканим учун. Сабр токат килолмай асло Изларингдан термулсам хар кун, Кечир мени, кечир дилрабо Сени севиб колганим учун!
BILMAM... (hazil she'r) Yelka bilan quchoq uchrashdi, Qozon bilan o'choq uchrashdi, Mag'iz bilan po'choq uchrashdi, Bilmam, nega biz uchrashmadik... Buqa bilan sigir uchrashdi, Qoplon bilan tigir uchrashdi, Ko'kko'z bilan negr uchrashdi, Bilmam, nega biz uchrashmadik... Oyna bilan taroq uchrashdi, Ryumka va aroq uchrashdi, Moshxon bilan Baroq uchrashdi, Bilmam, nega biz uchrashmadik...
QANDAY MEN YOLG'IZ (koreyschadan tarjima) Tun uzoq cho'zildi, Tez-tez seni yodga olaman... Qanday men yolg'iz... Qorong'ulik meni izlab keldi, Uzoqlashganing sari G'amda qolaman yolg'iz... Xayolimdan ketmassan sira Ko'zlarimni yumsam agarda, Chehrang ko'rib, sog'inch yo'qolar...
ISTAMBUL'A KAR YAGIYORDU Yetmisdokuzun kisiydi sertti soguktu Istanbul'a kar yagiyordu kцmьr yaniyordu sobalarda geceleri polisler, bekзiler oluyordu biz de oluyorduk цlьmьne ьsьyorduk ha, yalan yok, polislerde ьsьyordu onalti yasindaydim herseyi bьkecek bilegim vardi onalti yasindaydim aslan gibi ortadaydim gьndьzleri, okulda cografya defterimin arkasina senin iзin siirler geceleri duvarlara ьlkemi kurtarmak iзin kahrolsun yazacak kadar adamdim onalti yasindaydim ne senin haberin oluyordu siirlerimden ne de birileri kahroluyordu mahalle duvarlarina зiziktirdigim harflerimden onalti yasindaydim yalan yok ben yazmaya bцyle basladim cografya defterim bir eskiciye kurban gitti duvarlarina yьregimi biraktigim o evler, birer birer yikildi gitti simdi gьzel kagitlara yaziyorum kocaman laflar ediyorum marslar biliyorum kitaplar okuyorum kosarak ve islanmadan geзiyorum sulardan kosarak ve islanmadan yasiyorum bak istanbul'u seviyordum seni seviyordum dualar цgreniyordum meydanlarda toplanip bagiriyordum herkes gibiydim herkes hadar cesur herkes kadar korkak herkes kadar delikanli ve herkes kadar burali yetmisdokuzun kisiydi sertti soguktu istanbula kar yagiyordu agzimuizdan dumanlar зikiyordu konusurken halicin arkasinda toplaniyorduk gece adami iзine зekiyordu biz geceyi iзimize зekiyorduk en gьzel ben yaziyordum duvarlara yazilari herkes beni seviyordu en gьzes siirleri de ben yaziyordum oysa cografya defterimin arkasina bunu kimse bilmiyordu sizin evin duvarina kahrolsun diye yaziyordum ve hizla kaзiyordum sizin evin duvarina birkez olsun seni seviyorum diye yazamadim o zaman duvarlara цyle seyler yazilmiyordu dedim ya yetmisdokuzun kisiydi sertti soguktu istanbula kar yagiyordu.
Sen burda garip mi geldin Niзin aрlarsэn bьlbьl hey Yorulup iz mi yanэldэn Niзin aрlarsэn bьlbьl hey Karlэ daрlardan mэ aюtэn Derin эrmaklar mэ geзtin Yвrinden ayrэ mэ dьюtьn Niзin aрlarsэn bьlbьl hey
Hey, ne yavuz inilersin Benim derdim yenilersin Dostu gцrmek mi dilersin Niзin aрlarsэn bьlbьl hey Kal'alэ юehir mi yэkэldэ Ya nam-u arэn mi kaldэ Gurbette yвrin mi kaldэ Niзin aрlarsэn bьlbьl hey Gulistanlarda yaylarsэn Taze gьlleri yeрlersin Yavlak zarэlэk eylersin Niзin aрlarsэn bьlbьl hey Uykudan gцzьm uyandэ Uyandэ kana boyandэ Yandэ sol yьreрim yandэ Niзin aрlarsэn bьlbьl hey N'oldu юu Yunus'a n'oldu Aюkэn deryasэna daldэ Yine baharistan oldu Niзin aрlarsэn bьlbьl hey
AYRILIQ Ko'zlaringdan oqqan yosh Ko'ngillarni dog' qildi. Ayriliqning bag'ritosh Azoblari ham keldi. Ketding, ketding sen ketding, Orqangda qoldim xayron. "Uchrashmaymiz biz?"-deding, Yuragim tilka, vayron... Qalbimga o't soldingu, Tark etding sen negadir... Yarim yurak qoldiku, Qolgan yarmi sendadir...
Кечиринг!!! Узр, сизни кутганим учун, Сизга жоним тутганим учун. Кучангиздан утганим учун, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр буздим оромингизни, Хаётдаги маромингизни. Олдим гохо карорингизни, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр доно олимим дедим, Билмай гохо золимим дедим. Гох комил, гох олимим дедим, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр сизни кукка кутардим, Йулингизда гулдай кукардим. Такдир булса шундай утардим, Бошим тошга тегди кечиринг.
NECHUN YIG‘LARSAN BULBUL, HEY Sen bunda nochor keldingmi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Charchab izing yo‘qotdingmi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Qorli tog‘lardan oshdingmi? Shoshqin irmoqlar kechdingmi? Yoringdan ayru tushdingmi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Nechun dardli ingrayursan, Mening dardim yangilarsan. Do‘stni ko‘rmakmi tilarsan? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Ishongan tog‘ing ketdimi? Yo nomu oring bitdimi? G‘urbatda yoring qoldimi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Gulistonlarda yayrarding, Toza gullarni bo‘ylarding, Ajib xonishlar aylarding, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi, Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi, Yondi, bu yuragim yondi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi? Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi, Yana bahoriston bo‘ldi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey… Кечиринг!!! Узр, сизни кутганим учун, Сизга жоним тутганим учун. Кучангиздан утганим учун, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр буздим оромингизни, Хаётдаги маромингизни. Олдим гохо карорингизни, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр доно олимим дедим, Билмай гохо золимим дедим. Гох комил, гох олимим дедим, Бошим тошга тегди кечиринг. Узр сизни кукка кутардим, Йулингизда гулдай кукардим. Такдир булса шундай утардим, Бошим тошга тегди кечиринг.
YOLG‘IZ Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz. Har elat o‘zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz. Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat, Fojia — poyimdan uzilgan har iz. Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Yaratganga borib aytaman seni! Uzi hukm etsin odil va xolis. Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ... Багритош!!! Багритош хор килдинг ёшлигим, бахтим, Ёкиб юбор энди шеьрларим-хатим. Юракда йиглайди илк мухаббатим, Тушунмайди аммо дардимни хеч ким. Тугри унутганни унутмок керак, Лекин унутолошик бу юрак. Каламим хамдардим ошнам йук булак, Тушунмайди нетай дардимни хеч ким....
Sevgi asli tilsiz bir darddir. Kimlarga u aylagay vafo... Menday bo`lsa sevilgan ko`ngil, Sevgan dilga bu ham bir jazo!
Sevgi degan ulug` ne’mat — Tangri bergan inoyatdir. Alloh ishqin anglamaslik — Bilingki, bu jinoyatdir.
Ishq o‘tida yonib-kuyib, Raqibingga ozor etma. Bu o‘tkinchi xayollar-chun, Tunlaringni bedor etma.
QO’SHIQ Osmonimni obod qilgan qamar eding, Balolardan saqlaguchi tumor eding, Ko‘zlarimga mudom ko‘zi xumor eding, Yo‘llarimni yoshing bilan yuvar eding, Meni desa joningni ham berar eding. Jon chekarding ozor yetsa gar jonimga, Ming aldasam, ishonarding yolg‘onimga. Nogoh tikan botar bo‘lsa tovonimga Tikanlarni kiprigingda terar eding, Meni desa joningni hxam berar eding. Gulmi eding, bog‘dan o‘zim yulganmidim, Qulmi eding, seni sotib olganmidim. Bir kun yolg‘iz qolishimni bilganmidim... Nechun menga hayrat ila qarar eding, Meni desa joningni ham berar eding. Yaproqlarga shodon-shodon so‘ylardim men, Gulbog‘larga pinhon-pinhon bo‘ylardim men, Seni o‘pib, begonani o‘ylardim men, Asli menga sen hammadan kerak eding, Meni desa joningni ham berar eding. Yo‘qsan, seni yuklab, yo‘llar qaragim yo‘q, Yurak yutib boray desam, yuragim yo‘q. O‘zimga ham endi mening keragim yo‘q, Meni hatgo mendan ziyod sevar eding, Meni desa joningni ham berar eding.
Вафосизим!!! Сизсиз яшай олмайман деган эдим ёлгон экан. Оллох узи дилга сабр токат экан, Кегин билсам кунглим сендан колган экан. Хали мени куп эслайсан вафосизим. Сен кетасан бор аламим бол этаман. Шу аламда бир йигитни ёр этаман. Биттагина саломимга зор этаман. Хали мени куп эслайсан вафосизим. Душман отлиг сен бир кизга ёр буласан У кизни сен кулларида хор буласан. Хаттаки сен изларимга зор буласан. Хали мени куп эслайсан вафосизим. Гул очилса богда булбул сайрар эди. Сени курсам кунглим жуда яйрар эди. Оллох узи иккимизни асрар эди. Хали мени куп эслайсан вафосизим....
Gul yig’ladi,go’yo qildi tilovat Tun yig’ladi,so’zlab dardli hikoyat. Jonu tanda boshlama-da, qiyomat, Azobingni bas qil endi, muhabbat. Topolmasdan,izlagan ko’z ne qilsin? Dildan tomib yig’lagan so’z ne qilsin? Yuragingga sig’magan qiz ne qilsin? Azobingni bas qil endi, muhabbat. Yig’la yurak,yig’lagin may,yig’la nay, Endi qaydan topay,kimga elanay? Kel kipriging soyasida jon beray, Azobingni bas qil endi, muhabbat. Yaproq tushsa,ko’targudek holim yo’q, Jonu tanda,jon qolmadi,jonim yo’q. Hijron bilan yolgiz qoldim,yorim yo’q. Azobingni bas qil endi, muhabbat. Ishq zanjirin asiriman chorasiz, Bahor-bahor bo’larmidi lolasoz? O’lar jonga axir davo foydasiz, Azobingni bas qil endi, muhabbat.
OSHIQLAR SARDORI Rasul HAMZATOV she’ri Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa Bilgilki alarning sardori menman. Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan, Istagim totmoqlik labdagi boldan, Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan Bilgilki eng avval kelgani menman. Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang, Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang, Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang Bilgilki yuztadan bittasi menman. Keksalik degan so‘z joy olsa dildan, Yigitlik quvvati ketsa ham beldan, Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan Bilgilki eng avval gul tutgan menman. Falak falakligin qilsa nogahon, Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon, Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman. Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa, Agar dushmanlaring ustingdan kulsa, Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman. Bulbullar ichinda tinmas zabonman, Hamon yoningdaman, tanangda jonman. Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa Bilgilki alarning sardori menman.
SEVGI O`n sakkizga kirmagan kim bor, Bo`g`imgdan gul termagan kim bor. Sen haqingda yozib to`rt satr, Sirdoshiga asta ko`rsatib, Qo`shni qizga bermagan kim bor. Dastlab har kim qalam olgan on Yonib seni kuylar begumon. Maskan qurib har bir ko`ngildan, Oshiqlarni qoldirib tildan, Shoirlarni qilursan biyron. Tushdim chog`i men ham domingga, Ezgu hislar baxsh etding menga, Hayotimga zar lavha bo`lding, Ilk she'rimga sarlavha bo`lding, Xayollarim ulfatdir senga. Yuragimda his etdim qanot, Tilsim kabi ochilur hayot, Visoldagi damlarim shirin, Hijrondagi g`amlarim shirin, Kulib boqar menga koinot... O`n sakkizga kirmagan kim bor, Bog`ingdan gul termagan kim bor...
YIG`LATUR Ra'no Aliyeva she'ri Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur, Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur. Ushshog`u segoh mening ruhimni sel qilgay yana, Bo`ldi, bas deyman quloq solmay yana tor yig`latur. Ba’zida aylab tavoze qilsalarku muhtaram, Bu ulug` jonimni shum qilmay biror kor yig`latur. Gul desam yonishi yo`q, bulbul desam honishi yo`q, Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig`latur. Ko`zlarimda shashqatordur yoshlarim yo`lga qarab O`ylamayman telbani aqlu hushim bor yig`latur. Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur, Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur. Hajr o`tida kuydirib, ishqing o`tida yondirib, Ne sababdin bilmadim ko`nglimni Ra’no yig`latur.
Izhor va tabrik Mana, necha kunki, saqlayman sukut, Yoningga borishga yo'q bir bahona. Vasling orzusida, lablari yoqut, Yo'q men kabi oshiq, g'arib, devona. Goho seni o'ylab aqlim parishon, Goh esa kuyingda yonaman unsiz. Goh torlik qiladi zaminu osmon, Goh hayot tuyular menga mazmunsiz. Goho seni o'ylab, bir o'zim, tanho, Yulduzli osmonni kuzataman jim: Hulkar - egasiga, Tohirga - Zuhro, Ajab, qaysi ekan mening yulduzim. Balki u chiqmagan hali osmonga, Balki to'sib turar huv o'sha bulut. Nahot men dilimni botirib qonga, Bulut yo'qolguncha qilaman sukut? Balki yulduzimni ko'rolmayman hech, Bulutdan yuqori chiqmay osmonga. Yetib borganimda bo'lmasmikan kech, Uchib ketmasmikan boshqa tomonga? Shunday o'ylar bilan ovora bo'lib, Sekin o'z xonamga kirib boraman. Joyimga yotaman va xayol surib, Biror soat o'tgach, uxlab qolaman. Nogoh duch kelganda bir bor qayrilib, Holimga bir nazar ko'rmaysan ravo. Nahotki bilmaysan, sendan ayrilib Qolsam ham, hech narsa qilmasman da'vo. Chunki bu olamda g'am ham, quvonch ham, Tole ham o'tkinchi, nisbiy tushuncha. Goh poymol etilar do'stlik, ishonch ham, Yoshligimiz faqat hozir gulg'uncha. Buzib men bema'ni halovatimni, Balki hijroningda qolib ketaman. Lekin senga bo'lgan muhabbatimni Men o'z qabrimgacha olib ketaman. Tug'ilgan kuningni bahona qilib, Yozib olmoqdaman ko'nglimni biroz. Orzuda ayb yo'q derlar, ishqilib, Mendan xafa bo'lib yurma, sarvinoz. Seni tabriklashga tillarim ham lol, Orzuyingga yetgil, yor bo'lsin iqbol, Umring shirin bo'lsin, bo'lsin bezavol, Tabriklab qoluvchi oshig'ing Jamol. XABAR BERING OSHIQLARA... Xabar bering oshiqlara, ishqqa ko‘ngil bergan o‘zim, Ishq g‘avvosi yangilig‘ tubsiz ummonlara kirgan o‘zim. Yer-ko‘k to‘lgan ishq erur, ishqdin ulug‘roq yo‘q erur, Ishqning bahosin kim bilur, ma’dani kon bo‘lgan o‘zim.
Dengiz yuzidin suv olib, suvni samoga yetkarib, Bulutlarda sayron etib, Arshga yaqin borgan o‘zim. Ko‘rdim degan emas ko‘rgan, bildim degan emas bilgan, Bilgan Udir, ko‘rsatgan U, ishqqa asir bo‘lgan o‘zim. Qalam ne yozganin ko‘rgil, xabar qanday erur, bilgil, Qolu Balo eshigidan bunda xabar bergan o‘zim. Devonaman, otim Yunus, ishq bo‘ldi menga qilovuz1, Haqqa yetay men yorug‘ yuz, ostoniga borgan o‘zim. Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan. So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan. Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim.
Sochilgan sochingdek sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? O'zingku ularda vafo yo'q, deding, Nimaga ularni yana kutasan?
GO'ZAL Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen. Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal, Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.." Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa, Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa, Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa. Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal, Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.." Erta tong shamoli sochlarin yozib, Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen. Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib, Tog'u toshlar ichra istab yuramen! Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.." Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib, Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda. Ul-da uyatidan berkinib, qochib, Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda. Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal, Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.." Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?! Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen. Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen, Men suyub…men suyub…kimni suyubmen? Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Soginarsiz
Sog'inasiz hali gullarga qarab, Ko'rgingiz keladi oyga boqqanda. Tushingizda kuting sochlarim tarab, Kirib kelaman tun eshik qoqqanda… Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir Guldan buloqlardan meni izlaysiz Olislarga eltgan ilohiy taqdir Yurgan yo'llarimda yig'lab bo'zlaysiz…
Muhabbatsiz visol haqida hikoya Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim-ketdim. Yo‘lko‘rsatkich bo‘ldi xazonlar, Daydibadar yelga aylandim. O‘tdi oylar, o‘tdi zamonlar, Yana o‘sha menga aylandim. Yana bordim tilanib visol, Hasratimni aytdim-aytmadim. Meni itdek haydadi ayol, Men vafodor itdek ... ketmadim. Tashna edim, ichim yonardi, Loyqa bo‘lsin, suv kerak edi. Shu kech faqat uni xohlardim, Menga faqat u kerak edi. U baribir qilmadi shafqat, Qulflab oldi darbozasini. Yulduzlarni ko‘chguncha shafaq Poylab yotdim ostonasini. Tongda so‘kdim buralab rosa, Qasam ichib, qaytdim ortimga. Bugun kimdir, farishta, desa, - O‘sha ayol kelar yodimga...
Sevgilim, Sevgilim, Og`riydi dilim. Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam. Sunbul sochingizni silar endi kim, Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam. Bilmayman, Bilishni istamayman ham, Bilganim — menga baxt nasib etmadi. Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan, Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi.. .................Muhammad Yusuf ..Mening dardimni yozibdi bu sherida
SEVGILIM Sevgilim, Dilsizlar dillarimizni Toshbo'ron qilsalar, vayron qilsalar. Tikanlar qoplasa yo'llarimizni, Sen achchiq yig'lasang,ular kulsalar. Sevgilim, Sevgini sevmagan zotlar Qaro aylasalar oq asotirni. (darg'azab pishqirsa quturgan otlar) Go'rdan chiqarsalar Qorabotirni. Sevgilim, Men jangga kiraman, jangga, Qarog'ingdan tiyra jola uchun ham. Osmonni bo'yayman qirmizi rangga, Chap ko'ksingda majruh lola uchun ham! Sevgilim, Bu so'qish og'ir bo'ladi, Qonlarim oqadi, qonlari oqar. Ana, yaralangan oy ham quladi, Qon sachragan quyosh qizarib boqar... Sevgilim, Yov qochar sichqon iniga, Muzaffar botiring tin olar horg'in. Qilich joylanadi qayta qiniga, U asta cho'zilar... Bor endi, borgin!.. Sevgilim, Omondir hiylagar kampir, U meni aldaydi, avrab-aldaydi. Qo'lu-oyog'imga soladi zanjir, -Qorabotir, mana yoving, ol!-deydi. Sevgilim, alvido... Yetib kelmading, So'nggi ilinj bilan qotdi ko'z nurim. Muhabbat qudrati - qaldiroqqa teng, Afsus, qaldiroqdek qisqadir umr-im-m... Sevgilim, Lutf etmak shuncha mushkulmi? Qo'l cho'zmoq shunchalar keldimi malol? Axir, bu yolg'onku, axir, tushungin, Axir, bu- ertak-ku, axir, bu-xayol.
Сен менинг кувончим, сен менинг дардим, Ишк утида куйдим, булмади кадрим Сен эса кетарсан бир суз демай жим Ортингдан жимгина бокиб коларман Бир кун келиб сенга екиб коларман Дард чекмаган дилдор дилдор эмасдир, Хеч ким сенга мендек чин ёр эмасдир. Пешона шур экан, айирди такдир- Ортингдан жимгина бокиб коларман, Бир кун келиб сенга ёкиб коларман. Жим йигладим, суйдим, куйдим фирокда, Сен кетарсан жоним мендан йирокда. Дил каърига чукди, сен-чи, киргокда... Мен эса ортингдан бокиб коларман, Бир кун келиб сенга ёкиб коларман. Кай бевафо ёрлар ёрин унутиб, Дил озор тунлар зорин унутиб. Кунгил эса сендан мехрлар кутиб- Ортингдан жимгина бокиб коларман, Бир кун келиб сенга ёкиб коларман. Ун беш кунлик ойдан тулмогим гумон, Сен булмасанг ишкдан улмогим гумон, Сени жондан севдим, согиндим ёмон, Ортингдан жимгина бокиб коларман, Бир кун келиб сенга ёкиб коларман
Кўлларимда колди титраб суратинг, Кўзларимда колди титраб ёшим, Нечун севишни менга ўргатдинг, Нечун ташлаб кетдинг сўнгра куёшим. Кўлларимда колди титраб суратинг, Калбимда колди титраб севгимиз, Нечун ёлвориб севгим сўрадинг, Нечун ташлаб кетдинг у билан ёлгиз. Кўлларимда колди титраб суратинг, Колди димогимда севгим изхори, Нечун энди ўзгада севган юрагинг, Нечун ташлаб кетдинг бевафо ёрим. Кўлларимда колди титраб суратинг, Лабимда колди бўсанг кўними, Кабрим тепасида унсин турардинг, Керакмиди сенга шоир ўлими. Нечун, нечун колди тираб суратинг.
Энди сенсиз яшашим керак. Такдирми бу? Гунохимми бу? Кургиликка келди муштарак- Сарсон туйгу. Саргардон туйгу. Узинг куриб турибсан. Бугун- Талвасада жонсарак орзу. Колган умр-ечилмас тугун... Ёлгизликнинг багри коронгу. Ниятлар-хор.Ёвузлик-устун. Хаёт булди улим ё уйку. Билолмай хам коламан фаркин- Кайбири-у, кайбириси-бу... Мен Аллохдан сабр сурайман, Мен Аллохдан сурайман токат. Хаёл-сароб, сени урайман, Толеимда шу колди факат... Энди сенсиз яшашим керак.
Майли, ёд этмагин мени бир бора, Сендан менга майли келмасин бир сас. Майли, сен унутгин менинг исмимни, Менга бу дунёда омон булсанг бас. Бошинг тошдан булсин кайда булсангда, Лек юрак тошлиги тилагим эмас. Майли сенга азиз булсин бошкалар, Сен менинг калбимда азиз булсанг бас. Билмам сенга етмок буларми насиб, Балки сен буларсан армон ё хавас. Агарда орзуинг ушалса менсиз, Менга армонлигинг унутмасанг бас
Tongda kuzatmoqqa chiqding beozor, Dilimga o't solgan so'zlarni ayta, "Men seni hech qachon unutmasman yor, Men seni hech qachon topmasman qayta". Junjikkan vujuding quchoqlab, inon, O'yladim: "E, Xudo, panohim qayda?" Unutmasman seni hech qachon Uchrashmasmiz bir umr qayta. Bu dunyo saltanat, qullik va bozor, Unutilar chumoli oqqandek suvda, Va lekin men seni unutmasman yor, Va lekin men seni topmasman qayta. Ana oluchazor, biz kabi yolg'iz Ko'zda yosh, shamollar zabtiga ko'ndi, Yaxshi ham, yomon ham, qaytar shubhasiz Va lekin hech qachon qaytmasman endi. Endi yuraklarda tog'dek o'kinch, zor, Ruhimiz uchmoqda qo'shiqlar aytib, Va lekin men seni unutmasman yor, Va lekin men seni topmasman qaytib. Tongda kuzatmoqqa chiqding beozor, Dilimga o't solgan so'zlarni ayta, "Men seni hech qachon unutmasman yor, Men seni hech qachon topmasman qayta".
Omon Matjon Post by Kumushbibi on Mar 25, 2005, 10:37pm Kuz yoysa ham yo'llarga xazon, Qor ko'msa ham borliqni butun, Ko'klam kelib,ursa ham xandon, Eshigingdan o'taman bir kun. Sochlaringga tushsa hamki oq, Peshanangni bossa ham ajin, Kirganda ham gavdangga titroq, Eshigingdan o'taman bir kun. Mayli,shunda tanimasang ham, Yoki desang ko'rmayin turqin, Yoshim yutib,boshim qilib xam, Eshigingdan o'taman bir kun. Meni demay yumsang ham ko'zing, Xonang qolsa zulmatga tutqun, Xotirangga sham bo'lib o'zim, Eshigingdan o'taman bir kun. Vaqtim etib chiqsa bu jonim, Dardlarimga yasalsa yakun, Bu dunyoni tark rate onim Eshigingdan o'taman bir kun.
VAY Seni sevdim bir gul gibi vay vay Sarardi benzim kul gibi vay vay Ortada koydun el gibi vay vay vay vay Sevdigime pisman ettin vay Ortada koydun el gibi vay vay vay vay Sevdigime sevdigime pisman ettin vay Elim kollarim baglandi vay vay Bicak kemige dayandi vay vay Demek sevdan bir yalandi vay vay vay Sevdigime pisman ettin vay Elim kollarim baglandi vay vay Bicak kemige dayandi vay vay Meger sevdan bir yalandi vay vay vay Sevdigime pisman ettin vay
Dilkash davralarning yarashig'isan Kulsang kulging kabi sharqirar soy yo'q, Qo'llarda gul tutgan oshig'ing qancha Faqat hayotingda men uchun joy yo'q.. Koshki eshigingda bir zanjir bo'lsam, O'tgan qaytganingda qo'nsam qo'lingga, Koshki bir so'z bo'lsam tansiq va so'lim, Titrardim yaproqday olsang tilingga. Osmonday muhabbat bilan kelsam ham, Zaminday zalvorli bo'lsa ham tuyg'um! Ne qilay, sen kutgan ul yor emasman, Ko'nglingning dardini ololmas sevgim. Har kuni sovg'alar ulashasan sen, Hatto yo'lingdagi bolachalarga. Men esa rashk bilan qarab qolaman, Ular qo'lidagi kulchachalarga. Umidim, armonim, toleyi bekam, Baxtim osmonida bir sen-Humoy yo'q. Yoningda sollanib yurayin desam, Sening hayotingda men uchun joy yo'q. Yig'lagan ko'zlar ham qoraymas endi, Hijron boylik bo'lsa mendayin boy yo'q. Yo'ling to'lib toshgan sevganlaringga, Faqat hayotingda men uchun joy yo'q...
“SEVAMAN” Men bu so‘zni qanchalar kutdim, Uni kutib, so‘ldi gullarim. Shu so‘zni deb o‘zni unutdim, O‘tib ketdi yoshlik yillarim. O‘ylamovdim eshitaman deb, Sochimga oq oralaganda. O‘ylamovdim eshitaman deb, Ajal zimdan mo‘ralaganda. O‘zingmisan? Ishonmayapman, Jim yashashdan oxir toldingmi? Sen o‘zingga o‘xshamayapsan, Yo chindanam sevib qoldingmi? Nega qarab turibsan osmon, Boshimdan gul yog‘ib bersan-chi!? Yuzlarimdan o‘pmaysanmi oy, Bulutdan baxt sog‘ib bersan-chi!? Oqaverdi suvdek yillarim, Hatto o‘ylab ko‘rmabman bir oz. Shu so‘zni deb o‘tibdi umrim, Shu so‘zni deb yashabman xolos. Men bu so‘zni qanchalar kutdim…
KEL, YASHIRIB QO'YAYIN... Kel, yashirib qo'yayin seni yurakning eng chuqur yeriga. Keyin sen ham yashirgin meni yurakning eng chuqur yeriga. Topolmasin bizlarni birov!
MUHABBATIM Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im, Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum. Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im, Endi seni izlab qaydan toparman... Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim, Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim, Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim, Endi seni izlab qaydan toparman... Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon, Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon, Menga senu senga men bo`ldik armon, Endi seni izlab qaydan toparman... Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im, Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum, Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im, Endi seni izlab qaydan toparman...
Boshimni qaylarga olib men ketay, Yuragim yig`lsa qandoq ovutay, Dardimni kimlarga, oh kimga aytay? Sevib-sevilmayin yashadim netay? Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham, Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham, Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham, Sevib sevilmayin yashadim netay? Hamrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi, Dardimni do`stimmas tun tinglar edi. Boshimni sen emas, g`am silar edi, Sevib sevilmayin yashadim netay? Qalbim guli ochilmay bo`ldilar xazon, Yuragim sevgimni qumsaydi har on. Chin dildan sevgandim so`zimga ishon, Sevib sevilmayin yashadim netay? Ko`zimning ham oq-u, qorasi eding, Qalbimning eng og`riq yarasi eding, Dunyoda ham borim, ham yo`g`im eding, Sevib sevilmayin yashadim netay? Olamni buzsa ham bu nolalarim, Senga zarracha ham etmadi ta`sir, O`lsam ham seni deb o`lgum baribir, Sevib sevilmayin yashadim netay?
Yig`lar yurak, xursinar yurak, Sensiz o`tgan kundan og`rindim. Ond ichmoqqa endi ne kerak, Xudo haqqi juda sog`indim. Menga bir so`z aytgin demayman, Bir umrga qaytgin demayman. Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman, Xudo haqqi juda sog`indim...
Umidingni uzma dunyodan Yuragingni cho`lg`asa alam, Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan. Hayot o`zi shundayin bir kam: Umidingni uzma dunyodan. Do`sting ketsa dushmaning tomon, Yuragingni cho`lg`asa gumon, Kimlarnidir sog`insang yomon, Umidingni uzma dunyodan. Yaqinlaring bo`lmasa tirgak, Qayg`ulardan charchasa yurak, Bo`lmay qolsang hech kimga kerak, Umidingni uzma duyodan. Yo`llarida bo`lsang intizor, Muhabbating aylasalar xor, Chertilmasa dilingdagi tor, Umidingni uzma dunyodan. Olib qochsa xayoling yillar, Anglamasa dardingni dillar, Ishon baxtli kunlaring kelar, Umidingni uzma dunyodan
Olib ketsin deya oq qushlar Tunni kutdim ko'rmoq uchun tush Hijron meni qafasda ushlar Hudo haqi, sizni sog'indim Ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar Suymaganim suykalib boqar Oh zorlarim eshigingiz qoqar Hudo haqi, sizni sog'indim G'uncha-u gullar parvona Qush tilida honishlar aytdim Garchi bu so'z shoirona Lekin sizni sog'inib ketdim
Zulmat tunda o'rtandi yurak Hayolimda faqat sevgilim Menga o'zi bilmayman ne kerak.. Hudo haqi, sizni sog'indim! Ajoyib sher.Shu sherni Rayhona G'aniyeva chiroyli kuylagan.
Sizni sevarman Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh, Boshim egib qolsam berolmay bardosh, O’zga qo’l ko’z yoshim artsa kunarman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman Egnimda tursada kelinlik libos, Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos, Do’stlar davrasida o’ynab kularman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman!... Umrimni kezganda hamisha bahor, Komiga tortganda oila, ruzg’or Birinchi farzandim o’pib suyarman, Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman...
Сочларимда согинчларим соялари, Кузимдаги чакмоклари суниб кетди. Нега жимман, нега исён килмаяпман, о, мен нахот сизсизликка куниб кетдим................
MENSIZLIK Yulduzlari ichikib qoldi, Mahzun endi Oysiz osmonim. Sensizlikka ko‘nikib bo‘ldim, Qanday ekan mensizlik, jonim! Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi, Qo‘y, yashirma titroqlaringni, Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi, Tishlayapsan barmoqlaringni. Endi nurga begona yuzing, Quyoshingning ranglari qani? Sig‘mayapsan o‘zingga o‘zing, Hayotingning tonglari qani? Yuragingning yarmi yo‘q endi, Mening bilan butun ekansan. Kech tushunding. Dimog‘ing sindi, Yongan g‘amga o‘tin ekansan. Kechalaring o‘zingdan g‘arib, Armonlaring osmondan katta. Yuragingga termilib turib, Yig‘layapsan birinchi marta. Uxlab qolgan tunlarning haqqi, Mening o‘rnim boshqa – bo‘lakman. Yig‘lab qolgan tunlarning hag‘g‘i, Men, bari bir, senga kerakman!
KIMNI ETMAS BU KO`NGIL SHAYDO Dunyo ekan... Ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! Kimni etmas bu ko`ngil shaydo, Kim she'r yozmas mening yoshimda?! Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga Hayotimning bo`ldi mazmuni. U qo`limga tutqazib qalam, Ko`zlarimdan oldi uyquni. Oldi butun fikru xayolim, Ketdi dildan orom, halovat. Sevgi butun borimni olib, She'r zavqini qoldirdi faqat. Borliq olam ko`zimga ming-ming Go`zallikka to`lib ko`rindi. Gullar menga oshiq bulbulning She'r daftari bo`lib ko`rindi... Ayb etmangiz, Do`stlar, bu savdo Bormi faqat mening boshimda? Kimni etmas bu ko`ngil shaydo, Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
|